"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain "Santyago Bernabeu kubogi" uchun o'tgan "Al-Sadd"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Do'stim va hamkasbim Raul Gonsales Blankoni tabriklamoqchiman. Ko'rsatgan futbol uchun va birga o'ynaganimiz uchun rahmat aytmoqchiman. Sendan juda ko'p narsa o'rganganman va mana shunday xurmatga loyiqsan", deydi Iguain.