Iguain kecha jamoadoshlariga xayrlashuv bazmini ushyutirib bergan

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 18:15
"Milan" hujumchisi Gonsalo Iguain jamoasini tark etishi arafasida.

"Football Italia" xabariga ko'ra, kecha futbolchi jamodoshlariga xayrlashuv bazmini tashkillashtirib bergan.

Argentinalik futbolchi ijara asosida "Chelsi"ga o'tadi. Transfer bugun e'lon qilinishi borasida ma'lumotlar bor.

Bu mavsumda Iguain "Milan" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia