Igor Sergeev: "Mashg'ulotlarga qaytdim, lekin…"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Tailandning "Patum Yunayted" klubi hujumchisi Igor Sergeev mashg'ulotlarga qaytdi.

Kuni kecha "Patum" matbuot xizmati o'zbekistonlik futbolchi maydonda shug'ullanayotgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Championat.Asia sayti Igor bilan bog'landi va jarohatdan keyingi tiklanish qanday kechayotgani haqida so'radi:

"Hozircha maydonga qachon qaytishimni aniq ayta olmayman. Hozir murabbiy va tibbiy shtab mening holatimni kuzatmoqda. Ha, mashg'ulotlarga qaytdim, ammo jamoa bilan faqat boshqa futbolchi bilan kontakt bo'lmaydigan mashg'ulotlarni bajaryapman xolos. To'p bilan ishlay boshladim. Jamoa bilan shug'ullangach, individual mashg'ulotlarga boraman", - dedi Igor Sergeev.

Ma'lumot uchun, Igor Sergeev yanvar oyida Qatarda o'tgan Osiyo kubogi doirasidagi Avstraliyaga qarshi bahsda jiddiy jarohat olgandi va Dohadagi "Aspetar" shifoxonasida oyog'ini operaciya qildirgan edi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar