IFFHS: Kurtua eng zo'ri, De Xea esa...

Mirjalol Normatov
24 fev 2019, 10:15
Butunjahon futbol tarixi va statistikasi (IFFHS) 2018 yilning eng yaxshi darvozabonini aniqlab oldi.

Nashr mutaxassislari bu borada "Real" va Belgiya termasi posboni Tibo Kurtuani (181 ovoz) birinchi o'ringa qo'yishdi. Ikkinchi qator esa "Tottenxem" va Fransiya termasi darvozaboni Ugo Lorisga (109 ovoz) nasib etdi. PSJ kiperi Janluijji Buffon (59 ovoz) esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Ushbu ro'yxatni Keylor Navas ("Real", Kosta-Rika), Yan Oblak ("Atletiko", Sloveniya) va Mark-Andre Ter-Shtegen ("Barselona", Germaniya) kabi darvozabonlar tugatib qo'ydi. "Manchester Yunayted" va Ispaniya termasi posboni David De Xeaga esa ro'yxatda joy topilmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: IFFHS