Ibrohim Rahimov "Lokomotiv"ni tark etishga yaqin

Narzulla Saydullayev
18 dek 2015, 16:47
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Ibrohim Rahimov jamoadan ketishga yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Kafu" keyingi yilni boshqa klubda boshlashi mumkin. Yarim himoyachi bu yil mavsumda "Lokomotiv" safida 7ta o'yinda maydonga tushib 558 daqiqa harakat qildi xolos.

Rahimov o'z vaqtida oliy ligada "Traktor", "Andijon", "UzDongJu", "So'g'diyona", "Xorazm", "Guliston", "Qo'qon-1912", "Dinamo", "Paxtakor" kabi klublarda ham faoliyat olib borgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia