Ibraximovich: "PSJ"da Chempionlar Ligachi g'olibi bo'lish uchun yaxshi imkoniyat bor"

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 19:28
"PSJ" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Befika"ga qarshi kechadigan o'yin oldidan jamoasining ushbu turnirdagi ishtiroki haqida gapirib o'tdi.
"Bugungi o'yinda g'alaba qozongan guruhdan aniq chiqadi deb gapirish noto'g'ri, deb o'ylayman. O'yin biz uchun qiyin kechadi. Chunki raqimizi xalqaro o'yinlarda juda boy tajribaga ega klubdir. Tushunib turibmiz, oson bo'lmaydi. Lekin biz g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz".

"Albatta, men Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lishni orzu qilaman. "PSJ" bilan bunga erishish uchun yaxshi imkoniyat bor deb o'ylayman. Bizda ajoyib jamoa va zo'r murabbiy bor", dedi Ibragimovich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua