Ibragimovichning istagi ma'lum

Mirjalol Normatov
12 iyun 2020, 20:30
Hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan"da qolishga qaror qilgan.

"Corriere dello Sport" 38 yoshli futbolchi yaqin vaqtlarda kelajagi borasida bir qarorga keladi. Ammo u klubda qolishga qaror qilgan. Biroq klub rahbariyati u bilan muzokaralar o'tkazishda shoshilmayapti. Rahbariyatdagilar esa muzokaralarga kirishish uchun avvaliga futbolchidan qolishi yoki ketishi borasidagi so'nggi qarorini bilib olmoqchi.

Zlatan qishki transferlar oynasi vaqtida "Milan"ga o'tgandi. U jamoa tarkibida 10 o'yinda 4 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport