Ibragimovich "Yuventus"ga qarshi o'ynamaydi

Alisher
19 sen 2021
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich A Seriya 4-tur doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yinda harakat qilmaydi.

Futbolchi jarohatidan so'ng tiklanish bilan band.

"Yuventus" - "Milan" o'yini bugun bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi.

Ibragimovich Italiya chempionati 3-tur doirasidagi "Lacio"ga qarshi o'yinda gol urdi. Bu uning 9 maydan buyon ilk bor maydonga tushishi edi.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport