Ibragimovich: "Pioli "Milan" bilan shartnomani uzaytirgan bo'lsa, unda men ham uzaytiraman"

Alisher
2 dek 2021, 16:04
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Milan klubining bosh murabbiy Stefano Pioli bilan yangi shartnomasi haqida gapirdi.

"Stefano uchun mamnunman, u bunga loyiq. Pioli "Milan" bilan shartnomasini uzaytirgan bo'lsa, unda men ham uzaytiraman. U ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda", - deydi Zlatan.

Eslatib o'tamiz, 40 yoshli shvedning Milan klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan.

U joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia