Ibragimovich: "Men Fransiyaga mamlakat prezidentidan ko'ra ko'proq yordam berdim"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2016, 14:44
Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Fransiya futbolidagi ahamiyati haqida gapirib berdi.

"Pullar hayotni osonlashtiradi, ammo baxt ularda emas va buni hamma tushunishi lozim. Maoshim 20 mln. evro - bu ko'p? Ko'p so'zini tushunmayman. Narxni bozordan kelib chiqib belgilashadi, ko'p yoki kamligi mening muammoyim emas. Agar boshqa futbolchi o'n marta yaxshiroq o'ynasa, 10 marta ko'proq maosh oladi.

Moliyaviy inqiroz? Qancha soliq to'lashimni bilasizmi? Men Fransiyaga mamlakat prezidenti Fransua Ollanddan ko'ra ko'proq yordam berdim. Hozir ham to'lashda davom etyapman. Fransiya haqida nima deyishim mumkin? Ibragimovich bu erga keldi va boshliqqa aylandi" - deydi hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Monde