Ibragimovich faoliyatidagi 500-golini kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2018
“Los-Anjeles Gelaksi” klubi MLS chempionati doirasida “Toronto” jamoasi mehmoni bo'lib, mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

“BMO Fild” stadionida o'tgan va gollarga boy bo'lgan bahsda maydon egalari 5:3 hisobida zafar quchishdi. “Gelaksi” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. 

Birinchi bo'lim so'nggida shvetsiyalik 36 yoshli yulduz g'aroyib zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu Ibragimovichning faoliyatidagi yubiley 500-goli sifatida tarixga kirdi. Ibragacha Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi aynan 500tadan gol kiritishning uddasidan chiqishgandi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Zlatan MLS doirasidagi 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 17ta gol kiritgan. Ibragimovich “Los-Anjeles Gelaksi”ga joriy yilning mart oyida “Manchester Yunayted” jamoasidan kelib qo'shilgan edi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: