

Musobaqaning hal qiluvchi o'yini Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tishi mumkin. Bu haqda Farg'ona viloyat futbol federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadze “Ruxsor” FM radiosiga bergan intevyu chog'ida ma'lum qildi.
- Ochig'i, xozir qish fasli bo'lgani uchun “Istiqlol” stadionining chimini extiyot qilinmoqda. Shuning uchun o'yinlarning mezbonligini bu stadionga berilmadi. Ammo musobaqa tashkilotchilari “Hokim kubogi” final o'yinini “Istiqlol”da o'tkazishni reja qilganmiz. Buning uchun birinchi galda o'sha kuni ob-havo sharoiti yaxshi bo'lib turishi kerak. Vaziyatga qaraymiz. Imkon qadar finalni Farg'onadagi zamonaviy stadionda o'tkazishga harakat qilamiz, - dedi Kadapze “Ruxsor” radiosiga bergan intervyusida.
Hojiakbar Jabborov.



