"Hokim kubogi-2015". To'rtinchi tur oldidan

Narzulla Saydullayev
2 fev 2016, 08:09
29 yanvar kuni Farg'onada start olgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2016” musobaqasi sekin-asta o'z poyoniga yetib bormoqda.

Bugun jamoalarimiz turnirdagi to'rtinchi uchrashuvlarini o'tkazishadi. Soat 11:00 da “A” guruhi vakili “Qo'qon-1912-2” jamoasi “Neftchi” klubiga qarashli futbol maktabi (BO'FM) stadionida “O'z Dong Ju-1”ga qarshi maydonga tushadi.

Ayni damda ushbu guruhda turnir jadvali quyidagi ko'rinishga kelgan.

“Viloyat hokimi kubogi-2016”

Guruh bosqichi

“A” guruhi

3-tur

“Norin” – “Neftchi-1” – 0:1

“Qo'qon-1912-2” – “Yozyovon lochinlari” – 0:1

“O'z Dong Ju-1” – “Andijon”

Neftchi – 12    
2   
0   
0   
5-1   
6  
Andijon21104-14
Qo'qon-1912-231112-14
Norin31022-43
Yozyovon lochinlari    
31023-63
O'z Dong Ju-110011-20

“V” guruhida esa bugun turnirning markaziy uchrashuvlaridan biri bo'lib o'tadi. Kecha xabar berib o'tganimizdek, 15:00da Qirgulidagi “Neftchi SK” stadionida “Qo'qon-1912-1” – “Qizilqum” jamoalari maydonga tushishadi. Ushbu bahsni muxlis va mutaxassislar finaldan oldingi final deb etirof etishmoqda.

Mazkur bahsdagi g'alaba jamoamizni muddatidan oldin finalga olib chiqishi mumkin.

3-turdan keyin ushbu guruhdagi holat quyidagi ko'rinishga kelgan.

“Viloyat hokimi kubogi-2016”

Guruh bosqichi

“V” guruhi

3-tur

“Qizilqum” – “FarDU-Futbol info” – 3:1

“Qo'qon-1912-1” – “Neftchi-2” – 1:0

“O'z Dong Ju-2” – “Cementchi” – 0:5

Qo'qon-1912-13   
3   
0   
0   
 7-1    
9   
Qizilqum32105-27
Cementchi31115-14
FarDU-Futbol info    
31116-54
Neftchi-230122-41
O'z Dong Ju-230032-140

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz