Hindistonlik Stalin Portugaliya yuqori divizioni jamoasiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
12 fev 2020, 01:55
Hindistonning “Indian Errouz” klubi futbolchisi Sanjiv Stalin Portugaliya Primeyra Ligasi ishtirokchisi “Avesh” jamoasi a'zosiga aylandi.

Chap qanot himoyachisi bo'lgan 19 yoshli futbolchi erkin agent sifatida “Avesh” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. U yangi klubi safida 5-raqam ostida harakat qiladi. 

Eslatib o'tamiz, Vila-daz-Avish shahri jamoasi chempionatning 20 turidan keyin 12 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining oxirgi, yani, 18-pog'onasida turibdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia