

- Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonish biz uchun juda muhim edi. Chempionlik uchun kurashda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Birinchi bo'limda raqib darvozasiga uchta to'p kiritib, bugungi bahsga qo'yilgan vazifamizni deyarli bajarib bo'lgandik. Shu boisdan ham qolgan daqiqalarda biroz xotirjamroq o'yin ko'rsatdik. Oldimizda “Nasaf”ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Umuman so'nggi turlarda hech bir jamoani oson o'yin kutib turgani yo'q. Qarshidagi o'yinga ham puxta xozirlik ko'ramiz. Har bir jamoa g'alaba ilinjida maydonga tushishi kerak. Yutqazmaydigan jamoaning o'zi yo'q, - deydi Hikmat Muhammadjonovich.



