Helayfi: "Neymarga hech kim bosim o'tkazmagan"

Mirjalol Normatov
17 iyun 2019
PSJ prezidenti Nosir al-Helayfi futbolchilarga qanday talablar qo'yishini aytdi.

"Men o'zidan yulduz yasab olgan futbolchilarni jamoamda ko'rishni istamayman. Endi biz madaniyat, futbolga katta mehr beradigan futbolchilar bilan shartnoma imzolaymiz. Men har doim futbolchilarim klub bilan faxrlanishini va bu uchun bor kuchini tikishini istayman. Bularni tushunmaganlar bilan esa gaplashmaymiz ham. Shartnomasi bor futbolchilarni esa doimo hurmat qilish kerak deb hisoblashadi.

Neymar? Uning bu erga kelishi uchun hech kim bosim o'tkazmagan. Uning o'zi bu qarorga kelgan", - dedi Helayfi "France Football" nashriga.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football