

Bu haqda insayder Fabricio Romano o'zining "Facebook" sahifasida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, transfer narxi 75 million evro (65 million funt sterling). Semeno payshanba, 8-yanvar kuni tibbiy ko'rikdan o'tgandan so'ng uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Ganalik qanot hujumchisi APLning bir qator boshqa grandlaridan taklif bo'lishiga qaramasdan "Man Siti"ga o'tishga qaror qildi. Uning ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynash istagi transfyerda muhim rol o'ynagan.
Ushbu mavsumda 25 yoshli Antuan Semeno APLda 19 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.



