Hasanov bilan Qobilov bugun "So'g'diyona" yig'iniga qo'shiladi

6 yanv 2014, 11:02
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi ham transfer oynasida jim turmoqchi emas.
Bosh murabbiy Davron Fayziev yo'qotishlar o'rnini munosib nomzodlar bilan to'ldirish maqsadida ko'z ostiga olib qo'ygan o'yinchilarni o'z jamoasiga taklif etmoqda.

Xususan bugun "Guliston" yetakchisi Rabbim Hasanov va birinchi liga ishtirokichisi "Spartak"dan Suhrob Qobilov jizzaxliklar ixtiyoriga yetib kelishi aytilmoqda.

Hasanov (Fotoda 7 raqam) o'tgan yili "Guliston"ning haqiqiy yetakchisi bo'la olgandi. Tabiiyki bu futbolchi "So'g'diyona" tarkibini kuchaytirish aniq.

Suhrob Qobilovga esa Jizzax jamoasi begona emas. Sababi futbolchi ilgari ham "So'g'diyona" sharafini himoya qilgandi.

Bu futbolchilardan tashqari yana bir nechtasi yig'inga kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Manba: championat.asia