Hasanboy Ergashev: "O'tkazilgan gollarda faqat darvozabon aybdor emas"

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2016
"Sho'rtan" - "Olmaliq" uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachsi Hasanboy Ergashevning fikrlari quyidagicha bo'ldi:
"Yaxshi o'yin bo'ldi. Hisob 4:1 bo'lib turganida o'zimizni bo'sh qo'yib yubordik va ikkita gol o'tkazdik. Shukurki g'alabani saqlab qoldik. Gollarda himoyachi va darvozabonning aybi bor.

Keyingi o'yinni "Obod"ga qarshi o'tkazamiz, ular ham yaxshi jamoa. Ammo omadi kelmayapti. Nasib qilsa g'alaba bilan qaytamiz", - deydi Ergashev.

"Sho'rtan" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia