Har qanday kelishuv aniqlansa, futbol klubi ma'lum ochkolardan mahrum qilinishi mumkin - O'zPFL

Sherzod Nurmatov
29 yanv 2024, 12:07
O'FA Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspeksiya say-harakatlari bilan so'nggi vaqtlarda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etayotgan bir qator mutaxassis va futbol hakamlari aniqlanib, keyinchalik mazkur ish O'FA Etika qo'mitasiga oshirilmoqda.

Liga Assotsiatsiyaning bu boradagi harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi va kelgusida ham yolg'on futbolga qarshi kurash davom etishiga o'z hissasini qo'shishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi. Shuningdek, bu kabi holatlarda jazo choralari asosan shaxslarga nisbatan qo'llanilib, futbol klublari jarima intizom chorasi bilangina yuzlashayotganiga qarshi kurash olib boradi. Yani, futbol klubiga nisbatan yanada qatiyroq jazo chorasi qo'llanilishi masalasini kun tartibiga kiritadi. 

Musobaqalar o'tkazish reglamentida har bir klub o'z ishchi-hodimlarining xulq-atvori uchun bevosita javobgar ekani ko'rsatilgan. Shundan kelib chiqilsa, mazkur klubda faoliyat olib borayotgan har qanday shaxsning kelishilgan o'yinlar masalasidagi ishtiroki uchun bevosita futbol klubi javobgar sifatida belgilanishi shart. Shu principdan kelib chiqib, kelgusidagi har qanday shubhali holat o'z tasdig'ini topsa, uning ishtirokchisi bo'lgan futbol klubi o'rganilgan ishlar ko'lamidan kelib chiqib ma'lum ochkolardan mahrum qilinishi yoki bu kabi ishlarni qayta amalga oshirgani uchun musobaqadan chetlashtirilishini so'rab qo'mitaga davo kiritiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz