Hamrobekov "Persepolis"ga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2019
5 mart kuni "Paxtakor" OCHL 1-turida "Persepolis" klubi mehmoni bo'ladi.

Tehronda o'tadigan uchrashuvni "sherlar" yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov o'tkazib yuboradi.

Sababi yarim himoyachi "Eyr Fors" hamda "Al Nasr" bilan o'yinlarda bittadan sariq kartochka oldi va bitta o'yinga diskvalifkaciya qilindi.

Eslatib o'tamiz, "Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvi 5 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia