

Sakkiz nafar muxlis arenaga kiraverishdagi tirbandlikda halok bo'ldi. O'nlab odamlar yaralangan, bazilari og'ir ahvolda.
Uchrashuv bo'lib o'tgan "Olembe" stadioni yakshanba kungi Afrika kubogi chorak finaliga mezbonlik qilmaydi. Bu haqda Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti Patris Motsepening so'zlariga tayanib, jurnalist Rob Xarris o'zining Tvittyerdagi sahifasida ma'lum qildi. Ishtirokchilar hali aniqlanmagan ushbu o'yin Yaunde shahridagi boshqa arena - "Ahmad Axidjo"da bo'lib o'tadi.
Aytish joizki, "Olembe" stadionida Afrika Millatlar Kubogining final va yarim final uchrashuvlaridan biri ham bo'lib o'tadi.



