

Jumladan, ispan klublari ham bu borada faol ish olib bormoqda. Misol uchun "Vilyarreal" qishdagi ilk transferini amalga oshirib bo'ldi - u argentinalik iqtidor Tyago Fernandes. Dekabr oyida futbolchining "Veles Sarsfild" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etadi va u Ispaniyaga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.
Tyago - 21 yoshli chap qanot vingeri - og'ir jarohat tufayli ma'lum vaqt o'yin amaliyotisiz qolib ketgandi: 2024 yilning 3 dekabrida olingan o'ng oyoq tizzasi xochsimon bog'lamning uzilishi jarohati.
"Sariq suvosti kemasi" bilan muzokaralar hal qiulvchi palladaligi aytilgandi va endi barcha ishlar to'laqonli hal etildi - tomonlar 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib olishdi.
"Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, Tyagoning transfer narxi 4.5 million evro.
Tyago Fernandes
Bo'yi - 1.75
Tug'ilgan joyi - Buenos Ayres




