Hakimi "Real"ga qaytishi mumkin. Unga Karvaxalning o'rinbosari sifatida qarashmoqda

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023, 18:26
PSJ va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi "Real"ga qaytishi ehtimoli bor.

"Qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Ashraf Hakimi madridliklar safiga qaytishi mumkin. Ispaniya klubi 24 yoshli futbolchini Dani Karvaxalga o'rinbosar sifatida sotib olishni ko'rib chiqmoqda. Hakimi 2006 yildan 2020 yilgacha "Real" futbolchisi bo'lgan. Marokashlik futbolchi asosiy jamoa safida 17 ta o'yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urib, 1 ta assist qayd etgan. 

Keyinchalik Ashraf "Borussiya" Dortmund va "Inter" jamoalarida harakatlandi. Uning oxirgi va hozirgi jamoasi PSJ bo'lib turibdi. Himoyachining francuz klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar kuchda bo'ladi. 

Madridda tug'ilgan Hakimi ota-onasining vatani Marokash uchun o'ynashga qaror qildi. U Qatardagi mundialda Afrika qitasi vakilining tarixiy natijasini qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional