Hakim Fuzaylov: "Jamoam ko'rsatayotgan o'yindan uyalmayman"

Mirjalol Normatov
18 mar 2023, 00:39
Coca Cola Superligasi 3-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi bahsdan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menimcha bugungi o'yinimiz futbol muxlislariga yoqdi deb o'ylayman. To'g'risini aytsam, jamoam ko'rsatayotgan o'yinimizdan umuman uyalmayman. Futbolchilarim yomon o'yin ko'rsatmayapti. Oxirgi ikki turda ochko yo'qotdik. Menimcha bizga ozgina omad yetishmayapti. Umuman o'yin uchun, borlarini berib o'ynaganlari uchun yigitlarga katta rahmat. Ustimizda yanada qattiqroq ishlashimiz kerak. Ko'rib turibman, jamoam ko'p narsaga qodir va hali  o'z so'zini aytadi", - dedi Fuzaylov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia