

Bugun Laziz Qo'chqorovdan o'zimizni qiziqtirgan bir qancha savollarga javob oldik.

- Laziz aka, hakamlar departamenti O'FA qoshida faoliyat yuritar edi. Markaz "Chig'atoy" sport majmuasiga ko'chganidan bugun xabar topdi. Bu yerga ko'chganingizga ancha bo'ldimi?
- Bu O'zFHMning oldingi rahbari Erkin Baxtiyorovning g'oyasi edi. Biz uning ishini oxiriga etkazib, markazni "Chig'atoy"ga ko'chirdik. Bir oydirki, shu yerda faoliyat yuritib kelyapmiz.
- PFLdan hakamlar markaziga o'tganingizga ko'p bo'lmadi. Lekin bazi hamkasblarimizda Laziz Qo'chqorov OAVdan qochayotgani to'g'risidagi tasavvur paydo bo'lib ulgurgan. Rostan ham barcha intyervyularni rad qilyapsizmi?
- Agar bu gapda jon bo'lsa, hozir sizning qarshingizda o'tirmasdim-ku (kuladi). O'zingiz ham bilasiz, telefonim 24 soat ochiq. Istalgan savolga javob byerib kelyapman. Faqat bir narsani tushunishingiz kyerak. Men ish grafigimni kimningdir rejalariga qarab tuza olmayman.
Masalan, bugun 21:00 da meni intyervyuga chaqirishdi. Ammo Pro ligada ham, Supyerligada ham o'yinlar bor. Yaypan va Bekoboddagi bahslar 19:00 da start oladi. Uchrashuv yakunlanishi bilan undagi vaziyatlarni tahlil qilib chiqishimiz kyerak. Siz qanday fikrdasiz, asosiy ishim turgan paytda televideniega borib efirga chiqishim kyerakmi?
Aslida ishda qandaydir natija ko'rsatmasdan, ommaning e'tiborini o'zimga qaratishni ham istamayman. Bo'lmasa, kamyera oldiga o'tirib olib gapirishdan osoni yo'q. Ammo hozir egallab turgan o'rnim jamoatchilik, jurnalistlar bilan doimiy aloqada bo'lishni talab qiladi. Shu tufayli hech kimni rad qilganim yo'q. Faqat yuqorida aytganimdek, bizdagi vaziyatni ham ozgina tushunish kyerak. Eshigimiz esa barchaga ochiq.
- Bahsli vaziyatlarni tahlil qiladigan ekspyertlar komissiyasiga kimlar kiritilgan?
- Bu borada sizga chuqurroq tushuntirish byerishim kyerak. Bilasizmi, komissiya o'z vaqtida noto'g'ri tuzilgan ekan. Yani, O'FA qoshida tashkil etilgan Hakamlar qo'mitasi tarkibidagi 5 kishi (Haydarov, Seytlin, Kovalenko, Dachev, Popov - tahr.) ayni paytda komissiyani ham shakllantirgan.
Bu noto'g'ri. Biz O'zFHM qoshida komissiyani boshqattan tashkil qilyapmiz. Hozir nizom ishlab chiqildi, tez orada tasdiqlanishi kyerak. Ungacha bahsli epizodlarni qo'mita a'zolari ko'rib turishadi.
Ekspyertlar komissiyasini yangidan tashkil qilish bizga nima byeradi? Nizom tasdiqlanishi bilan klublarda faoliyat yuritayotgan murabbiylar orasida kichik saylov o'tkaziladi. Ular orasidan 1 nafar mutaxassis komissiya a'zoligiga saylanadi. Shuningdek, futbolchilar orasidan 1 kishi olish haqida o'ylagan edik. O'yinchilarning soni juda ham ko'pligi tufayli ularning nomidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi qatnashsa yaxshiroq bo'ladi, menimcha.
Shu o'rinda yana bir savol paydo bo'ladi: futbolchi va murabbiylarning ekspyertlar komissiyasida nima ishi bor? Ular maydonda yugurayotgan o'yinchi nimalarni o'ylayotganini yaxshiroq bilishadi. Shu jihatdan ancha foydali bo'lishini kutyapmiz. Asosiy maqsad esa komissiya ishidagi shaffoflikni taminlash.
Bundan tashqari, bir nafar tajribali xorijlik mutaxassis ham taklif qilinadi.
- Bizda ko'pchilik laynsmenlar (qanot hakamlari) gonorarining kamligidan noliydi. Bu masalani ham o'rganyapsizmi?
- Menga birinchi kunning o'zidayoq bir necha hakam taklif va etirozlarini bildirgan edi. Hozir bu masala bo'yicha ishlayapmiz. Aniqroq aytsam, kattaroq homiy qidiryapmiz. Chunki O'zFHMning smetasi yil avvalida tasdiqlangan, undan tashqariga chiqib ketolmaymiz. Shu tufayli futbolga kirishga ulgurmagan katta kompaniyalarga taklif bilan chiqyapmiz.
Agar homiy topa olsak, shu yilning o'zidayoq qanot hakamlari va ayollar futbolida ishlaydigan arbitrlarning gonorari ko'tariladi. Agar ilojini topa olmasak, kelasi yil boshida bu masalada O'FA va O'zPFL rahbariyati bilan gaplashib olamiz.
- O'zi hakamlar markazi qanday moliyalashtiriladi?
- Yil boshida shakllantirilgan smetaning 80 foizi O'zPFL, 20 foizi O'FA tomonidan qoplab byeriladi.

- Fevral oyida qirg'iz hakamlari Turkiyada yig'in o'tkazdi. Mahalliy refyerilarimiz ham yangi mavsumga tayyorgarlikni xorijda olib borishni xohlashadi. Kelasi yillar uchun shunday reja bormi?
- Qish kelishi bilan Antaliyada ko'plab jamoalar yig'iladi. Masalan, joriy yil 12 ta o'zbek klubi tayyorgarlik yig'inlarini shu shaharda o'tkazishdi. Bu o'rtoqlik o'yinlari ko'p bo'lishini bildiradi. Refyeri tanaffus mahali qancha ko'p nazorat o'yinlarida qatnashsa, formaga kirib olishi shuncha oson bo'ladi. Buni biz ham tushunamiz. Ammo yuqorida aytganimdek hamma narsa moliyaviy tomonga borib taqaladi. Imkon topsak, albatta, xorij yig'ini ham bo'ladi.
- Hakamlar orasidagi "klanlar" haqida norasmiy joylarda ko'p gapiriladi. Siz allaqachon ularning ichidasiz. Haqiqatan ham ichkarida qandaydir guruhlar bormi?
- Tan olish kyerak, bo'linish bor. Kelganim kunim bu holat tugashi kyerakligini aytgandim. Rivojlanishni istasak, hammamiz ahillikda harakat qilishimiz kyerak. Oqni oq, qorani qora demasak, bir qadam ham oldinga siljimaymiz.
Hozir muhit ancha yaxshilanib qoldi. Shu prinsip bilan davom etsak, kuchli hakamlar ko'payadi.
- Bazi refyerilar o'zaro suhbatlarimizda mashg'ulot maydonlari yo'qligidan nolishardi...
- Toshkentlik hakamlar bo'lsa kyerak. Chunki viloyatdagilar bu borada etiroz bildirmayapti.
Bu muammoga biz normativ testlar paytida duch keldik. Shundan keyin ularga "Chig'atoy" maydonida haftada 3 kun ma'lum grafik asosida shug'ullanish imkoniyatini yaratib byerdik. Ayni paytda 15 nafar hakam shu yerda tayyorlanyapti.
- Anchadan byeri gapirilayotgan, lekin yana pulga taqaladigan muammo - hakamlar maktabi qayta ochiladimi?
- Bu bo'yicha ish boshlangan. Hozircha yosh hakamlarni chiqarish uchun viloyat assotsiatsiyalariga mas'ul shaxslarni biriktirib qo'yganmiz. Aniqroq aytsak, yosh hakamlarga FIFA, OFK instruktorlari muntazam dars o'tadi, o'yinlarini ko'radi, ular ishlaydigan musobaqalarni kuzatadi.
Biz xohlayotgan narsa esa OFK akademiyasiga o'xshagan maktab shakllantirish. U yerda 4 yil o'qiladi. O'qish har yil 2 marta offlayn shaklda bo'ladi. Yilning qolgan qismida esa darslar onlayn bo'ladi. Xullas, shunaqa tizimni yo'lga qo'ymoqchimiz. Rahbariyat qo'llab quvvatlasa, bu narsa amalga oshadi.
- Shuningdek, hakamlikka o'qitish rus tilida olib borilishi bo'yicha ham ko'p joyda etirozlarni eshitganmiz...
- IFABning o'yin qoidalari kitobini allaqachon o'zbekchaga o'girib bo'ldik. Uni allqachon FIFAga yuborganmiz. Ruxsat byerilishi bilan hakamlarga tarqatamiz.
Bo'lajak imtihonlarda o'zbek tili ham bo'ladi. Bundan tashqari, O'zFHM ish yuritadigan hujjatlarning 80 foizi o'zbek tiliga o'tkazildi.
- Markazda faoliyat boshlaganizga deyarli 2 oy bo'ldi. Qaysidir jamoalar o'yindan keyin rasmiy protest ham yozdimi?
- Bir marta bo'ldi. "Paxtakor" Jizzaxdagi o'yindan keyin protest bildirdi.
- Qaysi vaziyatlarga etiroz bildirilgan?
- Qizil kartochka (Hamrobekovga ko'rsatilgan - tahr.) va xronometraj masalasida. Ularga allaqachon rasmiy javob qaytardik.
Ekspyertlar fikriga ko'ra, chetlatish to'g'ri qaror bo'lgan. Xronometraj masalasiga e'tibor qaratsangiz, hakam asosiy vaqtga 7 daqiqa qo'shib byerdi. Bu muddatning 3 daqiqayu 20 soniyasi "Paxtakor" futbolchilarining maydonda yotish bilan o'tib ketadi. Penalti belgilangan epizod esa 98-daqiqaning 20-soniyasida ro'y byerdi...
"Paxtakor" rasmiylari shu yerga kelishdi. Ularga har 2 vaziyat tushuntirildi. Va Agishevning qarorlari to'g'riligini tan olib ketishdi.
- Mahallik hakamlar bilan gaplashganimda bazi nazoratchilar ballarni sun'iy ravishda ko'tarib yoki tushirib qo'yishini aytishgandi. Bu masalani o'rganyapsizmi?
- Ha, qachonlardir shunaqa holatlar bo'lgan. Biz nazoratchilarning o'zini ham tekshiradigan bosqichga o'tdik. Masalan, "Qo'qon-1912" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yinda Temur To'xtasinov "Neftchi" posboni Evgeniy Konyuxovni maydondan chetlatishi kyerak edi. Bu vaziyatni VAR ham offsaydga chalg'ib, o'tkazib yuborgan. O'yin nazoratchisi (Mamur Saidqosimov - tahr.) esa ularga yuqori baho qo'ygan. Ekspyertlar tahlilidan keyin hakamlarning bahosi pasaytirildi. Instruktorga nisbatan tegishli chora ko'rildi.
- Nega bahsli vaziyatlar tahlili O'zFHM kanalida byerib borilmayapti?
- Sababi oddiy. Hozircha o'yin hisobiga ta’sir qiladigan jiddiy xatolar deyarli bo'lmayapti. Shunaqa katta xatolar bo'lsa, albatta, ommaga taqdim qilinadi.
Siz xohlayotgandek, muxlislar etiroz bildirgan har bir epizod tahlilini kanalda byerib borsak, odamlarda markaz hakamlarni oqlab byeryapti degan qarash paydo bo'ladi. Bu bizning zararimizga ishlashi aniq. Vaholanki, ekspyertlar tahlili xolis bo'ladi.
Ammo o'zimizning kanalda chiqmasa ham, istalgan jurnalist yoki klub vakili uchun har doim ochiqmiz. Istalgan paytda istalgan vaziyat bo'yicha xulosa olishlari mumkin. Masalan, siz bir necha marta qo'ng'iroq qilib so'radingiz. Muammo bo'ldimi?

- Hakam bo'lmay turib, ularga rahbarlik qilyapsiz. Bu qanchalik to'g'ri?
- Judayam qiziq savol shu. Aslida sababini hamma biladi. Bevosita savolga kelsak...
Birinchidan, menga rahbariyat ishonch bildirdi. Ularning ishonchi oqlash uchun qo'limdan kelgan hamma ishni qilaman. Tabiatim shunaqa.
Ikkinchidan, uzoq yillik hakamlik tajribasi lozim bo'ladigan vaziyatlarda men qaror chiqarmayman. Umuman olganda, istalgan hakamni qo'ysangiz ham, shunday vaziyatlarda direktor emas, ekspyertlar qarori hal qiluvchi bo'ladi.
Mening vazifam markaz faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish va kimlardir o'ng yoki chap tomonga og'ib ketishining oldini olish.
- Futbol klublarining orqasida katta tadbirkorlar yoki siyosiy kuchlar bo'ladi. Aniq bilaman, ularning ayrimlari o'yindan oldin hakamlarga bosim o'tkazishga harakat qilishadi. Kimlardir sizga ta’sir o'tkazishga urinyaptimi?
- Men futbol olamida bugun paydo bo'lib qolganim yo'q. Ko'pchlik taniydi va prinsiplarim haqida biladi. Shunga bo'lsa kyerak, hech kim bosim qilmayapti. Agar shunaqa holat yuz byersa, qanday hal qilishni ham yaxshi bilaman.
Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI



