Gyundogan Bundesliga saviyasini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2018, 10:53
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan Ilkay Gyundogan Germaniya chempionati saviyasini tanqid qildi.

"Men uchun Bundesligada intriga yo'q. Ko'plab jamoalar futbol o'ynagani emas, xato qilmaslik uchun maydonga tushadi. Albatta, "Bavariya" bu "Bavariya". Bu klub ko'p yillardan beri sifatli o'yin ko'rsatib kelmoqda. APLga to'xtaladigan bo'lsak, bu yerda teng kurash kechadi. Bizda chempion bo'lish uchun faqat bitta kuchli jamoa mavjud emas" - deydi Gyundogan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal