Gyotce stadionni shaxsiy mashinasida tark etdi, sababi...

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce Bundesliganing 9-turida “Shalke”ga (0:0) qarshi bellashuvida zaxiraga olingach, “Feltins-Arena”ni shaxsiy avtomobilida tark etgan.

Uchrshauvninng 58-daqiqasida 27 yoshli yarim himoyachi zaxiraga olindi va u maydonni tark etish oldidan jamoasi ustozi Lyusen Favr bilan qo'l berib xayrlashishni istamadi.

“Borussiya” klubi rasmiy Tvitter sahifasining xabariga ko'ra, Gyotce stadiondan to'g'ri shifoxonaga – jarohatlangan qo'lini rentgen ko'rigidan o'tkazish uchun yo'l olgan.


Manba: Sport1.de