

The Touchline nashri X (sobiq Twitter) tarmog'idagi ma'lumotga ko'ra, ispan mutaxassisi "Manchester Siti"dagi faoliyatini tugatgandan so'ng faqat bitta orzusi qoladi – jahon chempionatida g'alaba qozonish.
Gvardiola aniq bir terma jamoani boshqarishni rejalashtirmagan, lekin u xalqaro maydonda raqobatbardosh bo'la oladigan jamoani boshqarishni xohlaydi. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan beri "Manchester Siti"ni boshqarmoqda. Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.



