Gvardiola Ruli nomzodiga to'xtalishi mumkin

12 may 2016, 00:10
"Manchester Siti"ni kelasi mavsumdan boshqaradigan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola "Siti"ga darvozabon izlash bilan band.


Gvardiola yangi jamoasiga "Barselona" kiperi Klaudio Bravoni olib kelishni uddasidan chiqmasa, unda "Real Sosedad" posboni Xeronimo Rulini Angliyaga chorlamoqchi. Bravo "Siti"ga o'tishni istamasa, Pep katta ehtimol bilan Ruli yozda "Manchester Siti" libosini kiyishini istamoqda.
Ruli ushbu mavsumda ijara asosida "Real Sosedad"da o'ynamoqda. Xeronimo Ruli huquqiy jihatdan Urugvay chempionatining ikkinchi divizioni vakili "Deportivo Maldanado"ga tegishli.


Eslatib o'tamiz, "Siti"ning ikkinchi kiperi Villi Kabalero Gvardiolaning rejalaridan o'rin olmagan va ushbu posbon o'ziga hozirdanoq yangi jamoa izlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: As нашри