Gvardiola: "Mendan Xoland haqida so'ramang"

Оқил Абдубарноев
10 dek 2021
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

Ispaniyalik murabbiy jurnalistlarning Xoland to'g'risidagi savoliga quyidagicha javob berdi:

"Keyingi savol. Mendan bu haqda so'ramang. Javob bermayman", - dedi Gvardiola.

Oldinroq futbolchining agenti Mina Rayola norvegiyalik mijozi "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligini aytgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/sistoney67