

"Men hukmronligimni ko'rsatish uchun qarorlar qabul qilmayman. Bu narsa o'zimga ham yoqmaydi. Men qabul qilgan eng og'ir qaror, Jo Xart bilan bog'liq. U klub uchun qanday ahamiyatga egaligini bilaman. Ammo uning o'zini tutitshi va men bilan suhbatlarini hazm qilib bo'lmasdi.
Futbolchilar qarorimga qo'shiladimi, yo'qmi, bilmayman, ammo tarkibga bog'liq barcha savollarda men boshliqman. Men - bosh murabbiyman, shu sababli barcha qarorlarni men qabul qilaman. Bazida bu narsalar o'zimga yoqmay qoladi, ammo klub uchun shu yaxshiroq" - deydi Gvardiola.



