Gvardiola “Manchester Siti”ga himoyachi olib kelishni xohlamoqda

17 yanv 2020, 08:25
U bu xohishini klub rahbariyatiga etkazib ulgurgan.

Ma'lum bo'lishicha, Pep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarni “Manchester Siti”ga olib kelinishini klub rahbariyatidan so'ragan. Pep ayni damda klubdagi markaziy himoyachilarning holatidan mamnun emas. Emerik Lyaport jarohat olgach, murabbiy himoya markazida yarim himoyachi bo'lgan Fernandinoni o'ynatib kelmoqda.

Gvardiola Shkrinyardan tashqari “Bornmut”dan Natan Akeni ham kuzatgan, biroq baribir “Inter” vakili nomzodida to'xtagan.

Slovakiyalik himoyachining transferi esa 60 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports