Gvardiola: "Husanovning o'yinidan qoniqish hosil qilyapman"

Khoja
27 sen 2025, 08:53
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovning o'ng qanotdagi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Hozirgi o'yinchilar Uokerga o'xshab o'ynashlari kerakmi? Yo'q. Men har bir sobiq futolchimni saqlab qolishni istardim; ular jamoaga juda katta yordam berishdi. Lekin futbol shunday - futbolchilar keladi va ketadi. Hammaning o'z karierasi bo'lishi kerak.

Husanovning o'ng qanotdagi o'yini? Hozircha ayta olmayman. Men Abduqodirdan mamnunman - u yaqinda [o'ng qanot himoyasida] o'ynadi. Bizda shuningdek Mateus Nunies, Riko Lyuis yoki hatto Jon Stouns ham ushbu chiziqda o'ynay oladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, hammasi joyida, ammo klub bu chiziqqa  boshqa odam qidiryaptimi yoki yo'qmi, bilmayman", - deb fikr bildirdi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com