
Nemis grandi bu bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Bavariya" 16 turda o'z darvozasidan 3 marotaba gol o'tkazib yuborib Germaniya chempionatining rekordini o'rnatdi.
"Jamoamning o'yinidan ko'nglim to'ldi. "Frayburg" himoyada juda yaxshi harakat qildi, ammo bizning hujum chizig'imiz o'zini ko'rsata oldi. "Bavariya"da 13ta golli imkoniyat bo'ldi, lekin raqib darvozaboni yaxshi o'ynadi. Futbolchilarimga qoyil" - deydi mutaxassis.