Gvardiola YCHLda g'olib bo'lish haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
20 may 2019, 22:15
Joriy mavsum ingizcha trebl qayd etgan Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa kelajakda YCHLda g'olib chiqishi shartligini aytdi.

“YCHLdagi natijamizni muhokama etishlarini oldin ham aytgandim. Boshqa titullarni olgan taqdirimda ham ular YCHL bosh sovriniga teng kela olmaydi. Talablar shunaqa va men ular bilan yaxshi tanishman. Barselona ustozi bo'lganimda 4 yil ichida ikki marta chempionlar ligasini yutib olishga muvaffaq bo'lgandim. Muxlislar meni boshqalardan ajralib turuvchi murabbiy sifatida bilishadi. Shu sabab Manchester Siti men bilan birga YCHLda g'olib chiqishi kerak deb hisoblashadi. Bu hali ham haqiqat. "Man Siti" ochkolar bo'yicha rekord qo'yib, Angliyada raqobat kuchli bo'lgan musobaqalarda ajoyib tarzda qatnashmoqda. Biroq, biz chempionlar ligasini yutmoqchimiz”, – deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports