Gvardiola Diash bilan Kompanini solishtirishni xohlamadi

Alisher
19 okt 2020
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub himoyachisi Ruben Diashni "shaharliklar"ning sobiq sardori Vensan Kompani bilan solishtirishni xohlamadi.

"Diash bilan Kompanini taqqoslash katta xato bo'lar edi. Ularning ikkisi ham noyobdir. Ruben esa endigina 23 yoshda.

Eng muhimi, Diash - lider. Tez orada bu jamoada ham shunday bo'ladi, ammo unga bo'lgan bosim katta.

Uning Portugaliya terma jamoasi markaziy himoyachisi ekanligini unutmaslik kerak, qachonki siz terma jamoangizda o'ynaganingizda, bu o'zgacha narsaga aylanadi. Biz uning ijrosini ko'rishdan mamnunmiz", - deydi Gvardiola.


AlisherMuallif
Manba: manchestereveningnews