

“Oldinda 13 ta uchrashuv bor va 39 ochkoni qo'lga kiritish mumkin. Hali hech narsa tugamadi. Oldimizda qiyin uchrashuvlar bor. Masalan, shanba kuni. “Byornli” – og'ir raqib va buni hech kim inkor etolmaydi. Shuningdek, “Stok Siti”, “Tottenhem”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Everton” va “Chelsi”ga qarshi bellashuvlar bor.
Shu sabab hali hammasi oldinda”, deydi Gvardiola.



