Gvardiola: "Barsa"dagi faoliyatim yakunlangan, barchasi o'tmishda qoldi

31 okt 2020, 22:35
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Barselona"ga qaytish haqida o'ylamayapti.

"Mening "Barselona"dagi murabbiylik faoliyatim yakuniga etgan. Klubni boshqarishi mumkin bo'lgan bir qator ajoyib mutaxassislar bor. Ronald Kuman – aql bovar qilmas murabbiy.

Barchasi o'tmishda qoldi. O'yinlarni tomosha qilish uchun qaytishim mumkin, ammo men o'zimni shu yerda ("Manchester Siti") yaxshi his qilyapman. Jamoam bilan muvaffaqiyatga erishishni istayman va bu eng muhimi.

Endi "Barselona"da saylovlar bo'ladi. Umid qilmanki, klubni eng yuqori darajada ushlab turish uchun kerakli odamni tanlashadi", – tajribali kataloniyalik murabbiy.

Avvalroq "Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font klubga bir qator afsonalar, xususan, Gvardiolani qaytarish kerakligini takidlagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC