Gvardiola argentinaliklardan hafa

Mirjalol Normatov
12 avg 2018, 18:52
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Argentina FA prezidenti Klaudio Tapiyadan hafa.

Tapiyaning aytishiga ko'ra, murabbiy Argentina termasi bosh murabbiyi bo'lish uchun kattagina maosh so'ragan.

Biroq Pepning o'zi buni rad qildi.

"Argentina FA prezident mening xizmatlarimdan maosh tufayli voz kechgani borasida gapirmasligi kerak edi. Birinchidan, u men qancha ishlab topayotganligimni bilishi kerak edi. Ikkinchidan, u milliy terma jamoa  va klubdagi jismoniy tayyorgarlik boshqacha bo'lishini tushunishi lozim bo'lgandi. Uchinchidan va eng asosiysi, menga hech kim konkret taklif bilan chiqmadi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com