Gvardiola APLda ko'proq qolmoqchi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 22:17
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola sitichilar boshqaruvida ko'proq qolishni rejalashtirmoqda.

Ispaniyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, kelishuv shartlariga ko'ra yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin. 2016 yilda “Manchester Siti” murabbiyi etib tayinlangan Gvardiola klubni maksimal yani 2023 yilgacha boshqarmoqchi, deya xabar beradi The Telegraph.

46 yoshli murabbiy “Manchester Siti” bilan shu paytgacha APL chempionligini qo'lga kiritib, mamlakat superkubogi va liga kubogi (2 bora) sovrinlariga ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph