Gvardiola: "Agar qoida buzilgan bo'lsa bizni jazolashadi, ammo klubga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
10 noya 2018, 13:15
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Football Leaks taqdim etgan ma'lumotlarga izoh berdi.

Oldinroq, "Siti" moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganligi e'lon qilingan edi.

"Agar qoidani buzgan bo'lsak bizni jazolashadi. UEFA, FIFA, FA biz nohaqligimizni aytishi kerak.

Agar shunday bo'lsa, buni qabul qilamiz, ammo klubning poziciyasidan xabardorman, "Siti"ga ishonaman" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports Illustrated