"Guliston" bugun Qozog'iston klubi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2014, 12:17
Birinchi ligada ishtirok etadigan "Guliston" klubi tayyorgarlikni o'z qarorgohida davom ettirmoqda.
Klub ijrochi direktori Hasanboy Egamberdievning "SA"ga bergan xabariga ko'ra jamoaga hozirga qadar "Paxtakor" klubi yosh himoyachisi Azamat Abdullaev va Vladislav Purak kabi futbolchilar qo'shilishgan. "Guliston" bu yil birinchi liganing birinchi bosqichida kuchli sakkizlikka kirishni maqsad qilmoqda.

Bugun jamoa Rauf Inileev boshchilik qilayotgan Qozog'istonning "Maqtaaral" klubi bilan Yangiyerda nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

Enver Gafarov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia