"Guanchjou Evergrand" Aleks Teysheyra uchun 50 mln. evro to'lashga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2016, 15:18
Doneckning "Shaxtyor" yarim himoyachisi Aleks Teysheyra Xitoy klubiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Guanchjou Evergrand" yarim himoyachi uchun Osiyo futbolida rekord hisoblangan 50 mln. evro to'lashga rozi bo'ldi.

Teysheyra shartnomasidagi badal puli 70 mln. evro, ammo oldinroq Ukraina jamoasi ustozi Mircha Luchesku Aleksni 50 mln. evroga sotishini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato