

The Independent nashrining tarqatgan xabariga binoan, Grizmanning "Barselona"ga o'tishi noma'lum bo'lib qolayotganlini sababli fransiyalik forvardning vakillari bilan MYU aloqa o'rnatdi.
Qayd etish kerak, Grizmann bolaligida "Manchester Yunayted"da o'ynashni orzu qilgan va bu amalga oshishi ehtimoldan holi emas.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli hujumchi mavsum yakunida "Atletiko"ni tark etishi ma'lum qilgan. Uni xarid qilishni istagan klub madridliklar tomonidan belgilab qo'yilgan 120 million evrodan voz kechishiga to'g'ri keladi.



