Grizmann ketish fikridan qaytdi. U "Barselona"dan vaqt so'radi

19 noya 2019, 22:31
Fransiyalik futbolchi o'z kuchiga ishonadi.

"Barselona" klubi hujumchisi Antuan Grizmann qishda jamoani tark etmoqchi emas. 28 yoshli fransiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" rahbariyatidan biroz vaqt so'ragan, u terma jamoa safidan qaytgach ishonchni oqlashi mumkin.

Yaqinda "Barselona" PSJ hujumchisi Neymarni Grizmann bilan almashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. 

Eslatib o'tamiz, Antuan joriy mavsum La Liganing 11 uchrashuvida ishtirok etib, o'z hisobiga 4 tadan gol va samarali uzatma yozdirib qo'ydi.


O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito