Grinvud MYUga qaytadimi? Jim Retkliff aynan shu masalaga oydinlik kiritdi

Administrator
22 fev 2024, 00:49
"Man Yunayted" klubining yangi akciyadori Jim Retkliff Meyson Grinvudning masalasi qayta ko'rilishini ma'lum qildi.

"Biz Grinvud bo'yicha yangi qaror qabul qilishimiz kerak. Bu masalada hech qanday to'xtamga kelinmagandi. Biz bir qarorga kelamiz va buni to'liqligicha asoslab beramiz. 

Grinvud hozir ijarada, ammo u bunday vaziyatdagi yagona futbolchi emas. Bir necha o'yinchilarimiz ijaraja, bu bo'yicha bir to'xtamga kelishimiz lozim. 

Masalani hal qilayotganda ehtiroslarga emas, faktlarga asoslanamiz. Meyson rostdan yaxshi yigitmidi yoki yo'q? Aynan shu savol birinchi o'ringa qo'yiladi", -deydi Jim Retkliff.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia