Grilish: "Ommaviy axborot vositalari bilan do'st bo'lishni xohlamayman"

Оқил Абдубарноев
21 sen 2022, 23:24
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish britaniyalik jurnalistlarning tanqidlari haqida gapirdi.

Angliyalik futbolchi tanqidlardan ajablanmasligini tan oldi, chunki u dunyoning eng yirik klublaridan birida o'ynaydi va doimo nazarga tushadi.

"Men ommaviy axborot vositalari bilan do'st bo'lishni xohlamayman. Albatta, men haqimdagi tanqidlar qayerdan kelib chiqishini tushunaman. Lekin, o'ylaymanki, bu mamlakatda ular tanqid qilishga moyil, ayniqsa futbolchi dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynasa. Men buni qabul qilishim kerak", - dedi Grilish.

Eslatib o'tamiz, Jek o'tgan yozda "Aston Villa"dan 117,5 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi. Umuman olganda, angliyalik futbolchi “shaharliklar” safida 45 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports