

Hozirda hujumchi "Everton"da ijarada o'ynamoqda. Futbolchi har doim ham o'yin-kulgu uchun qulay vaqtni tanlamaganini tan oldi.
"Odamlar: "U sayr qilishni va ziyofatlarni yaxshi ko'radi" deyishadi. Bu haqiqat. Men ham to'laqonli yashashni va zavqlanishni istayman, lekin hamma narsaning vaqti va joyi bor. To'g'risini aytsam, men har doim ham qulay vaqtni tanlamagan bo'lishim mumkin. Masalan, bazida "Siti"da o'zimni tuta olmadim va buni ochiq aytaman. Biroq gap faqat shunda deb o'ylamayman", - dedi Grilish.
Grilish yangi mavsumda "Everton" safida APLda 5 ta o'yin o'tkazib, 4 ta assist qayd etdi.



