Grigoriy Kolosovskiy: "Natija adolatli bo'ldi"

Alisher
12 avg 2024
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "So'g'diyona"-"Metallurg" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin o'tkazdik. "So'g'diyona" jamoasi jadvalda peshqadamlar safida bormoqda. Shu boisdan ham bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Jizzaxliklar kubokdagi og'ir o'yindan so'ng bugun yana maydonga chiqishayotganini tushunib turgandik. O'z imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qildik. Takror aytaman, bugungi o'yin har ikki jamoa uchun ham og'ir kechdi. 

- Bugungi o'yindagi natijadan qoniqdingizmi? 

- O'yin borasida aytsam, natija adolatli bo'ldi. Turnir jadvalidagi o'rnimizga qarasak, ketma-ket ikki o'yindan buyon ochko yo'qotayapmiz. "Lokomotiv" bilan o'yinda ham, bugun ham bir ochkodan jamg'ardik xolos. Superligadagi o'rnimizni saqlab qolish uchun bizga g'alabalar kerak. Bugungi o'yindagi natija adolatli bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia